Mirjalol Qosimov: Futbolda mo‘’jizalar bo‘lmaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-09-2024, 05:24
Superligada 20-tur o‘yinlari davom ettirildi. OKMK klubi bu tur o‘z maydonida "Lokomotiv"ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bizni jiddiy, kurashlarga boy o‘yin kutayotganini bilar edik. Sababi, jadvalning quyi qismida jang shiddatli kechmoqda. Bunga tayyor edik. O‘zi, oson uchrashuv bo‘lmayapti. "Nasaf" bilan bahsdan keyin jismonan va ruhan yigitlarni tiklab olishimiz kerak edi. Bugun g‘alaba uchun o‘ynadi ikki jamoa ham. Bugungi bellashuvdan muxlislar yutdi deb o‘ylayman. Qo‘shimcha daqiqalarda ham ishqibozlar oxirigacha o‘tirdi. Xayajon oxirgacha ushlab turdi. Bugun, biz uchun qoniqarli natija qayd etildi. Keyingi uchrashuvda "Lokomotiv"ga omad tilayman. Bizda yo‘qotishlar ko‘payib ketdi. Bugun ayrim futbolchilarimiz o‘zi uchun begona zonalarda yomon harakat qilmadi. Bizni maydonda qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat.

Chempionlik masalasi halmi?

Futbolda mo‘’jizalar bo‘lmaydi. Qaysidir ma’noda, nimadir sodir bo‘lishi mumkin, ammo qiyin deb hisoblayman. "Nasaf" oldinlab ketdi. Shiddatli kurash jadvalning tepasida ikkinchi va uchinchi o‘rin uchun jang bo‘ladi. Pastda ham jon saqlab qolish uchun jang ketmoqda. Umid qilaman, yil oxiriga qadar bizni qiziq o‘yinlar kutmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati