Jizzaxda Kamaz butunlay yonib ketdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-09-2024, 01:02
Jizzaxdan o‘tgan markaziy yo‘lda yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB xabar berdi.

27 sentyabr kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi M-39 «Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘lida Samarqand viloyatida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi Kamaz rusumli yuk tashuvchi transport vositasini «Samarqand-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotgan vaqtda, avtomashinaning dvigatel qismida qisqa tutashuv vujudga kelganligi sababli yong‘in chiqqan.

Buning oqibatida yuk avtomashinasi to‘liq yongan. Yong‘in oqibatida haydovchi va boshqa shaxslarga tan jarohati yetmagan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati