“Professor Makgonagall” vafot etdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-09-2024, 23:16
“Garri Potter” va “Daunton Abbey”dagi rollari bilan tanilgan aktrisa Meggi Smit 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

Aktrisaning o‘g‘illari Kris Larkin va Tobi Stivens uning shifoxonada hayotdan ko‘z yumganini ma’lum qilgan.

“Juda shaxsiy hayotga ega inson bo‘lgan onamiz so‘nggi daqiqalarda do‘stlari va oilasi bilan edi. U ikki o‘g‘il va besh nafar uni sevuvchi nabiralarni qoldirib ketdi. Ularning barchasi ajoyib ona va buvilarining yo‘qotganidan qattiq qayg‘uda”, – deydi ular.

Shuningdek, aktrisaning yaqinlari Chelsi va Vestminster shifoxonasi xodimlariga oxirgi kunlarida ko‘rsatgan mehribonligi va g‘amxo‘rligi uchun chuqur minnatdorligini bildirgan.

“Biz barcha xayrixoh xabarlaringiz va ko‘magingiz uchun rahmat aytamiz va hozirgi paytda bizning shaxsiy hayotimizga hurmat ko‘rsatishingizni so‘raymiz”, – deydi aktrisaning o‘g‘illari.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati