Bir bo‘lim natijasi 6:0 – tarixiy xo‘rlanish... (videosharh)

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-09-2024, 23:12
Liga 1 (Fransiya chempionati) 5-turi anomal natija bilan boshlandi:

«Nissa» o‘z maydonida «Sent-Etyen» darvozasiga javobsiz 8ta gol urdi. Xususan, mezbonlar birinchi bo‘limdayoq hisobni 6:0 ko‘rinishiga keltirishdi. Bir bo‘limda 6ta javobsiz gol - bunaqasi XXI asrda ilk marta kuzatildi Liga 1 kengliklarida.

«Nissa» futbolchilari 35-daqiqagacha 4:0 hisobida oldinga chiqib olishgach, «Sent-Etyen» bosh murabbiyi Olivye Dal~Olyo umumiy holatga keskin reaksiya sifatida birdaniga 3 nafar futbolchini almashtirdi. Biroq bu chora mutlaqo ish bermadi, aksincha, «Nissa» qandaydir 3 daqiqa oralig‘ida yana 2ta gol urdi. Tanaffusdan keyin esa mezbonlar vajohat va tezlikni pasaytirishdi, shunda ham 2ta hujumni samarali yakunlab, 8:0 hisobida to‘xtashdi.

Endi ba’zi faktlarga e’tibor qarating: 

*** «Nissa» joriy asr Liga 1 o‘yinining bir bo‘limida 6ta gol urgan birinchi jamoa bo‘ldi. To‘g‘ri, bu borada chempionat rekordi «Lion»­ga tegishli - «to‘quvchilar» 1997 yili 45 daqiqa davomida «Marsel»ni 7 marta jazolashga ulgurishgandi.

*** «Nissa» o‘z rekordini takrorladi. Jamoa 49 yil oldin, Fransiya kubogi-1975/1976da «Golden Star»ni aynan 8:0 hisobida «xo‘rlagandi».
*** «Nissa» Liga-2024/2025 doirasidagi dastlabki 4ta o‘yinda jami 6ta gol urgandi. Endi 1ta uchrashuvda 8ta!
*** 0:8 - «Sent-Etyen» hayotidagi ikkinchi yirik hisobli mag‘lubiyat. «Yashillar» 1951 yili «Bordo»ga 0:9 hisobida yutqazishgan.
- Liga 1ga zo‘rg‘a qaytgan «Sent-Etyen» («pley-off»da «Mes»dan umumiy 4:3 hisobida ustun kelgandi) elitada katta muammolarga uchramoqda: 5ta o‘yin, 4ta  mag‘lubiyat va 1ta g‘alaba («Lill» - 1:0), gollar nisbati 1:15.
- 15-16 yoshidayoq tug‘ma goleador sifatida katta umid uyg‘otgan, ammo keyinchalik qator muammolarga uchragan (ham o‘yin, ham kundalik hayotda) «Borussiya» D. hujumchisi Yusuf Mukoko ushbu uchrashuvda 2ta gol urishdan tashqari, yana 1tasiga assistentlik qildi. Demak, «Nissa»da ijara muddatini o‘tayotgan istiqbolli hujumchida o‘zini tiklab olish uchun zo‘r imkoniyat bor. Har holda, bosh murabbiy Frank Ez hujumkor ijrochilar jarohati tufayli Mukokoni asosiy tarkibda o‘ynatmoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati