Rafinya: «Barselona»ning minimal vazifasi – CHL kubogi!»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-09-2024, 22:46
«Barselona» CHLning yangi mavsumini Fransiyada «Monako»ga qarshi o‘yin va mag‘lubiyat bilan boshladi.

La Ligadagi yorqin start esa Kataloniya klubi nihoyat, avvalgi darajasi sari dadil qadam tashlay boshlaganidan dalolat, baribir. Tabiiyki, bunda yangi bosh murabbiy Xans-Diter Flikning xizmati katta. Germaniyalik mutaxassis klub boshqaruvini qo‘lga olishi bilan umidli, lekin oxirgi mavsumlar o‘yin bobida umidsizlikka tushgan bir qator futbolchilarning ishlari yurishib ketdi. Jumladan, birdan samarali o‘ynab ketgan braziliyalik vinger Rafinya Dias La Liganing avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. RAC1 telekanali jurnalistlari jiddiy ko‘tarilishni inobatga olgan holda, Rafinyani suhbatga chorlashdi hamda ijobiy o‘zgarish negiziga qiziqishdi...

«Barselona»dan ketish xayoli

- Tan olishim kerak, orada «Barselona»dan ketish haqida o‘ylaganim rost. Zero, klubdagi dastlabki 6 oy nafaqat men, balki oilam uchun ham juda murakkab o‘tdi. Faqat JCH-2022dan keyin barchasi biroz osonlashdi va o‘sha mavsumni nisbatan yaxshi yakunladim. Shu tariqa xotirjamlik keldi, lekin boshida rosa qiynaldim, ayniqsa, yangi muhitga moslashish masalasida. Aslida nima qilish kerakligini bilardim, lekin hammasi shu darajada murakkab tus olishi mumkinligini sira o‘ylamagandim. Buning ta’sirida ma’lum muddat miyamni ketish haqidagi xayollar chulg‘ab oldi. Tushunarliki, «Barselona» - grand jamoa. Shunday ekan, yangi futbolchining klub tizimiga birdan kirishib ketishi qiyin, albatta. Qisqasi, boshida ayrim muammolarga sira ko‘nikolmadim, muhimi, qiyinchiliklar tezda chekindi. Ha, joriy mavsum boshida ham jamoadan ketishim haqida mish-mishlar tarqaldi, lekin bu oddiy holat. Zero, zamonaviy futbolda har kuni turli yangiliklar paydo bo‘ladi, asossizlari esa oxir-oqibat, hammani zeriktiradi. Ayni payt faqat «Barselona»dagi istiqbolim haqida bosh qotiryapman. Har mavsum avvalgisiga nisbatan yaxshiroq ishlash va shu jamoada uzoq yillar o‘ynashga qodir ekanligimni isbotlashni xohlayman. Tushunarliki, boshqa klublardan yetarlicha takliflar oldim, lekin hozirda men uchun eng maqbul variant - bu «Barselona»ning ajralmas qismiga aylanish. 

Sardorlik bog‘ichi 

- OAVda nogahon jamoadan ketayotganingiz, chunki rahbariyat sizga ortiq ishonmayotgani haqida o‘qiysiz. Yoki matbuotda siz haqingizda qandaydir salbiy fikrlar yozishadi. Shularni nazarda tutgan holda, «Barselona»da sardorlar qatoriga qo‘shilishim mumkinligini aslo o‘ylamagandim. Amalda shunday maqomga munosib ko‘rildim - bu juda hayajonli va menga katta ishonch bag‘ishladi.
Flik vs Xavi
- Hozir jismoniy tayyorgarlikka biroz ko‘proq vaqt ajratilyapti. Umuman, har bir murabbiyda o‘ziga xos ish uslubi bor. Xavi ham aniq g‘oyaga ega edi, ya’ni to‘p nazoratiga ko‘p e’tibor qaratardi. Flikning yondashuvi esa biroz boshqacha. Uning fikricha, kuchli jismoniy faollik jamoaga ko‘proq foyda keltiradi va natija ham beradi.
Yangi mavsum uchun vazifalar
- Minimal vazifa - CHLda g‘alaba qozonish. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas. «Barselona»da o‘ynash maqsadingiz barcha sovrinlarni qo‘lga kiritish ekanligini anglatadi. Agar shunday klubda bo‘lsangiz va g‘alabalar haqida o‘ylamasangiz, unda o‘sishga erisholmaysiz.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati