Saudiya Pro Ligasi. “An-Nassr” o‘z maydonida ishonchli hisobda g‘alaba qozondi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-09-2024, 22:36
Saudiya Arabistoni chempionatining 5-turida “An-Nassr” 27 sentyabr, juma kuni “Al-Vahda”ga qarshi bahs olib bordi.Uchrashuvning 41-daqiqasida Anjelo hisobni ochdi. Bo‘lim Ar-Riyod klubi ustunligi bilan yakunlandi.Ikkinchi bo‘limda esa Ronaldu ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 56-daqiqada portugaliyalik futbolchi penaltini aniq amalga oshirdi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “An-Nassr” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.Saudiya Pro Ligasi, 5-tur bahsi27 sentyabr, juma“An-Nassr” — “Al-Vahda” 2:0Gollar: 1:0 – 41 Anjelo Gabriel, 2:0 – 56 Ronaldu (penalti).“An-Nassr”: Bento, Laport (Al-Fatil, 84), Simakan, Al-Ganam, Al-Najdi (Bushal, 67), Otavio (Al-Hassan, 68), Al-Haybari, Uesli (Garib, 67), Mane, Anjelo Gabriel (Yahyo, 84), Ronaldu.“Al-Vahda”: Al-Oaysher, Al Alaeli, El-YAmik (Al-Salem, 68), Kresu, Al-Moualad, Al Makahasi, Bakshuin, Bakuna (Naji, 69), Gudvin (Khodari, 78), Amin, Igalo (Noor Sheik, 68).Ogohlantirishlar: Bakshuin (23), Otavio (45+4), Bento (74).Chetlatish: Bakshuin












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati