Tanzila Narbayeva Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo‘mitasi Raisi bilan uchrashdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-09-2024, 21:51
Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegasiya Xitoy Xalq Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Tashrifning birinchi kuni Senat Raisi bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Jumladan, T.Narbayeva Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo‘mitasi Raisi Van Xunin bilan uchrashdi.

Uchrashuvda davlatlarimiz rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ko‘p tomonlama strategik aloqalar yangi bosqichga yuksalganligi e’tirof etildi.

Muloqot davomida Senat Raisi parlamentlararo aloqalarni uzviy davom ettirish, do‘stlik guruhlari faoliyatini jadallashtirish bilan birga ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi hamkorlik, bunda mahalliy Kengashlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish zarurligini alohida qayd etdi.

Shu bilan birga, tomonlar savdo-iqtisodiy, texnologiya, transport, energetika, fan-ta’lim, innovasiya, turizm sohalari hamda qishloq xo‘jaligi va ekologiya masalalari yuzasidan o‘zaro hamkorlik rejalarini muhokama qildi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati