Jamshid Saidov: «Himoyada muammolarimiz ko‘p»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-09-2024, 21:49
Superligada 20-tur bahslari davom ettirildi. Navoiyning "Qizilqum" jamoasi bu tur "Metallurg" bilan kuch sinashdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.— Birinchi navbatda bahsni yaxshi boshladik, deb hisoblayman. Gol kiritdik, ammo xatolar ko‘p bo‘ldi. O‘yinga to‘xtalmqochi emasman. Yigitlarga ko‘rsatilgan xarakter uchun tashakkur. Ko‘rdingiz, bugun ko‘plab yosh futbolchilarga imkon berdik. Qayerdadir, tajriba yetishmagandir, ammo ular qo‘shib borishadi. Bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan navoiylik ishqibozlarga rahmat. Ular singari, biz ham yo‘l yurishdan charchadik. Bizga muxlislik qilgan barchaga rahmat. — So‘nggi turlarda jamoa 5 ochko yig‘ishi kerak degan mish-mishlar bor edi. Shunday ham bo‘ldi?!— Mish-mishlar xolos. Mendan rahbariyat so‘nggi turlarda 5 ochko olishimni talab qildi va buni uddaladik. Chempionatda jon saqlab qolish uchun barcha jamoa jang qilmoqda. Menga rahbariyat 3 o‘yinda 5 ochko ishlash vazifasini qo‘ygan edi. Agar mag‘lub bo‘lganimda, meni ishdan olishgan bo‘lar edi. — Yoshlar haqida fikringiz? — Biroz hayajon sezildi. Ular qo‘ldan kelganicha berilgan vazifani uddalashga intildi. Qayerdadir tajriba yetishmagan bo‘lishi mumkin, ammo ularning o‘yinidan ko‘nglim to‘ldi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati