Grigoriy Kolosovskiy: «Durang adolatli natija bo‘lar edi»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-09-2024, 21:43
Superligada 20-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Metallurg" jamoasi bu tur safarda "Qizilqum" bilan bahs olib bordi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jamoa bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.— Ko‘rdingiz, katta ustunlik biz tomonda edi, ammo darvozaga aniq zarba bermay g‘alaba qozonib bo‘lmaydi. Bugun kamida, hisobni tenglashtirishga loyiq vaziyat yaratdik. Paxtakor bilan uchrashuvda biroz omad kelgan bo‘lsa, bu bahsda ikkinchi bo‘limga ruhan tayyor emas edik. Ular xayolan kiyinish xonasida qolishdi. Natijada, erta gol o‘tkazib yubordik. Vaholanki, raqib o‘yinini o‘rgangan holda asosiy ijrochisi – 10-raqamdagi futbolchisiga qarshi personal o‘ynash uchun baland bo‘yli himoyachini maydonga tashladik. Hisobni tenglashtirishga harakat qildik, ammo o‘xshamadi. O‘ylashimcha, durang adolatli natija bo‘lar edi. — Murabbiylar shtabidagi qizil kartochka haqida fikringiz? — Keling, hakamlik haqida gapirmay. Bu emosiya. Uzr so‘raymiz, ammo u xafa bo‘ladigan hech narsa aytgani yo‘q. O‘ylashimcha, u bunga loyiq emas edi. — Abdumajidovda jarohat bormi? — Ha, tekshirib ko‘ramiz. To‘p uchun kurashda noqulay yerga tushdi. Tekshuruvdan so‘ng, aniq bo‘ladi. — Bugun Davron Hoshimov qanotida ko‘p xato ko‘rindi?— Davron tajribali futbolchi. U ko‘p xollarda optimal bo‘lmagan qarorlarni qabul qilmoqda. U bayroqdan-bayroqqacha to‘p tepmoqda. Tajribali futbolchi. Bizga nafi tegadi deb o‘ylayman. — Raqib jamoadan nima kutgan edingiz? — Biz raqibni o‘rgangan edik. 4-4-2 sxemasidagi zich sxemadan foydalanadi. Biz bugun qanotlar orqali to‘pni olib o‘tishga harakat qildik, ammo ko‘p narsa o‘xshamadi. Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik. Durang adolatli bo‘lar edi. Qizilqum qarshi hujumlarga yaxshi chiqdi. Katta kuch bilan chidashga majbur bo‘ldik. 10-raqamdagi futbolchisi juda yaxshi ko‘rindi bugun.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati