Superliga. «Qizilqum» «Metallurg»ni, OKMK «Lokomotiv»ni kichik hisobda mag‘lub etdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-09-2024, 21:29
O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan 2 ta o‘yin 27 sentyabr, juma kuni bo‘lib o‘tdi.“Qizilqum” “Metallurg”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 2-daqiqasida Elguja Lobjanidze hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim navoiyliklarning kichik ustunligida yakunlandi.Ikkinchi bo‘limda esa darvozalar ishg‘ol etilmadi va “Qizilqum” 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu g‘alabadan so‘ng Navoiy jamoasi ochkolari sonini 23 taga yetkazib oldi.“OKMK” o‘zida “Lokomotiv”ni qabul qildi. Birinchi bo‘limda darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa olmaliqliklar hisobni ochdi. 70-daqiqada Ruben Sanches darvozani ishg‘ol qildi. 90+6-daqiqada “OKMK” futbolchisi Aziz Xolmurodov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. So‘nggi daqiqalarda “Lokomotiv” futbolchisi Abdulloh Yo‘ldoshevning urgan goli VAR yordamida bekor qilindi.Shu tariqa “OKMK” kichik hisobdagi g‘alabani rasmiylashtirdi. Olmaliqlarning ochkolari 38 taga yetdi.Superliga, 20-tur27 sentyabr, juma“Qizilqum” – “Metallurg” 1:0Gollar: Elguja Lobjanidze, 2 (1:0).“Qizilqum”: 12. Robert Ozols (1. Humoyunshox Sayyotov, 25), 2. Farruh Jo‘rayev (71. Jamoliddin Ubaydulloyev, 46), 4. Ilhom Vahobov (24. Abduxoliq Tursunov, 88), 6. Asror G‘ofurov, 8. Giorgi Kuxianidze (7. Davron Anvarov, 72), 10. Elguja Lobjanidze, 13. Nikolay Tarasov, 14. Fayzulla Qambarov, 17. Muhammadali G‘iyosov, 22. Shahzod Rahmatullayev, 77. Fayzullobek Jumanqo‘ziyev (79. Diyor Raxmatilloyev, 82).“Metallurg”: 35. Rahimjon Davronov, 2. Odilbek Abdumajidov (14. Abrorbek Toshqo‘ziyev, 84), 4. Kerim Palich (88. Sirojiddin Qo‘ziyev, 60), 5. Oleksandr Kucherenko, 7. Asadbek Sobirjonov, 9. Zabihillo O‘rinboyev, 15. Azizbek Pirmuhammadov, 24. Davron Hoshimov, 25. Shahzod Ne’matjonov (10. Shahzodbek Ubaydullayev, 70), 31. Marko Milichkovich, 98. Balsa Sekulich (11. Daler Sharipov, 60).Ogohlantirishlar: Azizbek Pirmuhammadov (45), Shahzod Ne’matjonov (45+3), Davron Hoshimov (56), Marko Milichkovich (66), Asror G‘ofurov (75).“OKMK” – “Lokomotiv” 1:0Gol: Ruben Sanches, 70 (1:0).“OKMK”: 35.Javohir Ilyosov, 4.Mirjamol Qosimov, 5.Giorgi Papava, 10.Xurshid G‘iyosov, 11.Kleydi Dasi (18.Aziz Xolmurodov, 67), 13.Eldorbek Begimov, 15.Oybek Rustamov, 21.Saidafzalxon Axrorov, 22.SHohruh Gadoyev (9.Ruben Sanches, 46), 28.Arixiro Sentoku (77.Nodirbek Abdurazzoqov, 67), 30.Abror Sarimsoqov.“Lokomotiv”: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 2.Abdulazizxon Abdurashidov (26.Abdulloh Yo‘ldoshev, 46), 3.Valeriy Kichin, 4.Ivan Rogach, 7.Sardor Abdunabiev (11.Konstantin Bazelyuk, 74), 10.SHodiyor Shodiboyev, 17.Sanjar Tursunov, 22.Muhammadanas Hasanov, 70.Abubakr Rizo Turdialiyev, 72.Rustam Xolnazarov (28.Quvonchbek Abraev, 78), 97.Mixail Gashchenkov.Ogohlantirishlar: Arixiro Sentoku (32), Abdulazizxon Abdurashidov (44).Chetlatish: Aziz Xolmurodov (90+6).












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati