Serbiya majburiy harbiy xizmatni qaytarmoqchi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-09-2024, 21:15
Serbiya majburiy harbiy xizmatni muddatli harbiy xizmatga chaqirish yo‘li bilan qaytarishni rejalashtirmoqda: loyiha parlament ma’qullashini kutmoqda, hukumat va prezident allaqachon rasman roziligini bildirishgan, deya xabar beradi euronews.

Mamlakatda majburiy xizmat bundan 13 yil avval bekor qilingan edi.

Belgrad 2011 yilda harbiy xizmatga chaqirishni bekor qildi, keyin esa professional qurolli kuchlarga tayandi. Endi Serbiya Respublikasi prezidenti Aleksandr Vuchich harbiy xizmatni qaytarish "Serbiyaga har kuni va tinimsiz tahdid solayotganlarni qo‘rqitish" uchun kerakligini aytdi, lekin u kimlarni nazarda tutayotganini ochiqlamadi.

Yigitlar uchun majburiy xizmat 75 kun davom etishi, qizlar uchun esa ixtiyoriy bo‘lishi kutilmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati