Zelenskiy Nyu-Yorkda Tramp bilan uchrashdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-09-2024, 20:02
Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod agar saylovda g‘alaba qozonsa, Ukrainadagi urushni tugatish uchun demokratlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini aytdi. Tramp, shuningdek, inaugurasiyadan oldin ham Ukraina, ham Rossiya uchun "yaxshi" yechim topishiga umid qilishini bildirdi.

"Urush tugashi zarur, Putin g‘alaba qozona olmaydi, Ukraina esa g‘alaba qozonishi kerak, degan umumiy fikrga egamiz", — deya ta’kidladi Zelenskiy.

Ukraina prezidenti Tramp bilan o‘zining “g‘alaba rejasi” ni muhokama qilmoqchi ekanligini ham qo‘shimcha qildi.

"Tango uchun ikki kishi kerak. Ukraina va Rossiya o‘rtasida tinchlik muzokaralarini o‘tkazish zarur. Biz buni muhokama qilamiz va qanday yechimga kelishimiz mumkinligini aniqlaymiz", — deya fikr bildirdi respublikachi.

Tramp, shuningdek, Zelenskiy va Putin bilan yaxshi munosabatlarga ega ekanligini aytdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati