«Krokus»dagi terrorchilar ijtimoiy tarmoq orqali ko‘rsatma olgani aytildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 14
- Формат: mp4
- Дата релиза: 30-03-2024, 00:02
Tergov qo‘mitasining ta’kidlashicha, ayblanuvchilar «koordinator»dan ovozli xabarlar olgan.
«Hujumdan so‘ng, uning ko‘rsatmasi bo‘yicha ular «Kiyevga borish va va’da qilingan mukofotni olish uchun Rossiya-Ukraina chegarasi tomon yo‘l olishdi», deyiladi departament xabarida.
Avvalroq, Tergov qo‘mitasi jinoyatchilar terrorchilik xurujiga tayyorgarlik ko‘rish uchun Ukrainadan «katta miqdorda pul» va kriptovalyuta olgani haqida ma’lumotlar borligini ma’lum qilgandi. Bundan tashqari, departamentning ta’kidlashicha, tergovda ayblanuvchilarning «Ukraina millatchilari bilan aloqasi borligi» haqida dalillar olingan.
22 mart kuni «Krokus Siti Xoll» konsert zalida yuz bergan terrorchilik harakatidan so‘ng, Rossiya Tergov qo‘mitasi jinoyat ishini ochdi. Ertasi kuni Federal xavfsizlik xizmati (FXX) ushbu ishda gumon qilingan 11 kishi hibsga olinganini e’lon qildi.