Gvardiola Rodri va De Bryuyne haqida yomon xabarlarni yetkazdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-09-2024, 18:23
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola juma kuni APL doirasidagi ertangi o‘yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi. Ispaniyalik mutaxassis yarim himoyachilar Rodri va Kevin de Bryuyne uchun noxush xabarni e’lon qildi.

«Rodrining operasiyasi ertalab bo‘lib o‘tdi. Bu xochsimon jarohat. U keyingi mavsumda biz bilan bo‘ladi. Bu mavsum u uchun tugadi. Afsuski, eng yomon bashoratlar amalga oshdi, lekin bu narsalar sodir bo‘lib turadi. Biz uni tiklanish jarayonida qo‘llab-quvvatlash uchun u yerda bo‘lamiz», dedi Rodri.

Gvardiolaning ta’kidlashicha, Kevin De Bryuyne shanba kuni «Nyukasl»ga qarshi o‘ynamaydi. Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, belgiyalik terma jamoa o‘yinlari uchun oktyabr oyidagi tanaffusdan keyin ham maydonga qaytmasligi mumkin.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati