Arteta 2:2 hisobidagi durangdan keyin Gvardiola bilan munosabatlari haqida gapirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-09-2024, 18:06
O‘tgan dam olish kunlari «Manchester Siti» va «Arsenal» o‘rtasida 2:2 hisobida durang qayd etilgandi. O‘yin hissiyotlarga boy bo‘lib, maydonda futbolchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuzaga keldi. «Kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Arteta o‘sha o‘yin uning Pep Gvardiola bilan munosabatlariga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi.

“Menga Pep yoqadi, men uni hurmat qilaman. Men uning jamoasiga va qilayotgan ishlariga qoyil qolaman. Ammo sport ham bor, shaxsiy munosabatlar ham bor. Agar Pep bilan munosabatlarim durang o‘ynaganimiz yoki kimdir kimnidir kaltaklaganimizga bog‘liq bo‘lsa, men u bilan uzoq vaqt gaplashmagan bo‘lardim. Bu sport va u hech qachon shaxsiy munosabatlarga ta’sir qilmaydi", dedi Arteta matbuot anjumanida.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati