Ugledar uchun qonli janglar bo‘lib o‘tmoqda
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 0
- Формат: mp4
- Дата релиза: 27-09-2024, 17:36
Rossiya armiyasining 57-alohida motoo‘qotar brigadasiga shu haftada boshlangan hujum Ukraina qo‘shinlarining 72-alohida mexanizasiyalashgan brigadasining mudofaasini yorib o‘tdi, deb yozadi Forbes.
Nashrning yozishicha, ruslar hozir Ugledar janubida, charchagan Ukraina garnizoni esa allaqachon shimolga chekinayotgan bo‘lishi mumkin. Ruslar bu shaharni bosib olgan taqdirda ham, bu g‘alaba ularga «juda qimmatga tushadi». Forbes nashrining ta’kidlashicha, bu urush allaqachon ularga mingga yaqin harbiy texnika va bir necha ming askar hayotiga tushgan.
Urushni o‘rganish bo‘yicha Amerika instituti ekspertlarining fikriga ko‘ra, agar ruslar ushbu aholi punktini egallab olsalar ham, g‘arbiy Donetsk viloyatidagi hujum operasiyalarini tubdan o‘zgartirishi dargumon, chunki Ugledar ayniqsa muhim logistika markazi emas. Shu bilan birga, ruslar allaqachon shaharga olib boruvchi asosiy yo‘llarning ko‘p qismini nazorat qilishadi.