Slot: Men har kuni o‘yinchilarim haqida ko‘proq va ko‘proq narsani o‘rganaman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-09-2024, 17:04
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot o‘z jamoasi futbolchilarini hali yuz foiz bilmasligini aytdi. Xabaringiz bor, niderlandiyalik mutaxassis yozda Yurgen Klopp o‘rniga mersisaydliklarni qabul qilib oldi.

"Men har kuni futbolchilarim haqida ko‘proq va ko‘proq ma’lumot olishga intilaman. Albatta, biz ularning sifatini bilamiz va buni o‘yinlarda ko‘rish mumkin. Hozircha ko‘p omadsizlikka uchramadik, faqat "Forest"dan mag‘lub bo‘ldik. Biz har kuni o‘rganishimiz va muvaffaqiyatsizlikka to‘g‘ri javob berishimiz kerak. O‘yinchilar qo‘llaridan kelganini qilishlari uchun moslashishga harakat qilaman", dedi Slot matbuot anjumanida.

28 sentyabr, shanba kuni "Liverpul" safarda APL doirasida "Vulverxempton"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati