Ivan Rakitich: «Florentino Peres shunchaki, maqtovga loyiq!»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 23:58
La Liga muxlislari hamon ayni payt Saudiya Arabistonining «Al-SHabab» klubida kissasini to‘ldirayotgan Ivan Rakitichni shirin entikish bilan esga olishadi.

Axir xorvatiyalik yarim himoyachi «Sevilya» va «Barselona» hayotida yorqin iz qoldirdi, Ispaniyada ko‘plab sovrinlar yutdi. Qiziq, Ivan La Liga bilan xayrlashganidan so‘ng Ispaniya futboli haqida nima deydi? U yaqinda Marca nashriga bergan eksklyuziv intervyusida nafaqat Saudiyadagi yangicha hayoti, balki ispan futbolining ayni holati yuzasidan fikr bildirdi.

- Ar-Riyodga kelganingizda, birinchi navbatda nima e’tiboringizni alohida tortdi?

- Futbolga muhabbat, istak va ishtiyoq. Mana, klub bazasiga har kuni yuzimda tabassum bilan kelyapman. Odamlar bilan gaplashish asnosida bu yerda nimalar bo‘layotganini teranroq anglashni istayman. Saudiya futboli haqida so‘z ochilsa, ko‘pchilik asosan behisob pulni tilga oladi. Lekin arablar futbol taraqqiyoti yo‘lida kundan-kunga nimalarga qo‘l urishayotganini bevosita ko‘rish - g‘oyat yoqimli.

- Xo‘sh, sizda mahalliy futbol o‘sishiga yordam berish masalasida qoniqish bormi?

- Ha. O‘ylaymanki, aksariyat legionerlar yaqqol taraqqiyot ortidan qandaydir hayajonni his qilishmoqda. Har holda, shaxsan menda katta qoniqish barq urmoqda. O‘zi bu yerga kelishdan oldin Saudiya futbolini 2030 yilgacha keskin rivojlantirish loyihasi bilan tanishgach, mamlakatda aynan shunday ko‘tarinkilik ko‘rishni istagandim. Valiahd shahzoda Saudiya Arabistoni qadriyatlarini butun dunyoga ko‘rsatish niyatida va bu ish sport orqali amalga oshiriladi. Ajabmas, Saudiya bora-bora sport va futbol olamining markaziga aylansa.
- Saudiya futboli ham hayratga solyaptimi?
- Bu yerda futbol saviyasi hali Yevropadagidek emasligini tushunish kerak, muhimi, o‘sish sur’ati juda baland. Ha, ehtimolki, La Ligada bo‘lgani kabi stadionga har safar futboldan zavqlanish uchun 40 ming muxlis tushmas, ammo kuchli ehtiros bor, baribir. Ayrim kichikroq stadionlarda ham go‘zal futbol ko‘rish uchun ulkan ishtiyoq-istak yaqqol seziladi. Menimcha, futbolchi uchun eng yaxshisi - go‘zal muhit. Qolaversa, iste’dodli saudiyalik futbolchilar ham yetarli. Biz ularga ayniqsa, taktik jihatdan yordam berishimiz, professional xilqatlarni singdirishimiz kerak.
- «Al-SHabab» deylik, «Barselona»dan nimasi bilan farqlanadi?
- «Shabab» - katta tezlikda o‘sayotgan klub. Saudiyada o‘ziga yarasha tarixi bor eng qadimiy jamoalardan biri. Klub prezidenti sanalgan shahzoda hamisha biz bilan hamnafas ekanligi ham juda muhim, albatta.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati