Jezus: Saudiya Arabistoni vaqt o‘tishi bilan top-5 ligalarga qo‘shiladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-09-2024, 15:56
Jorje Jezus Saudiya Arabistoni chempionati kelajakda kuchli 5 talikdan joy olishini aytdi.

"Bu yil barcha jamoalar, agar xohlasa, 22 yoshgacha bo‘lgan ikki nafar xorijlik futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkinligi haqida qoida o‘rnatdilar. Va deyarli barcha jamoalar buni uddalashdi, biz faqat bitta, 21 yoshda bo‘lgan Markos Leonardo bilan shartnoma imzoladik.

Bu esa bugungi yoshlar Saudiya Arabistoniga nafaqat moliyaviy jihati, balki dunyoning eng yaxshi futbolchilari qayerda ekanliklarini ko‘rgani uchun ham kelayotganining yaqqol isbotidir.

Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan navbatdagi jahon chempionatiga qadar liga nafaqat futbolchilar, balki murabbiylar jihatidan ham o‘sib boradi. Saudiya Arabistonidan jamoalarga yirik murabbiylar kelib ishlay boshlashdi.

Bugungi kunda eng yaxshi jamoalarda shunday murabbiylar bor. Italiyalik buyuk murabbiy Pioli bir necha kun avval "An-Nasr"ni qabul qilib oldi.

Men futbolning kelajagi Saudiya Arabistoni bo‘ladi, demayman, chunki unday emas. Futbolning kelajagi har doim Yevropa bo‘ladi, lekin Saudiya futboli yuqori saviyada bo‘ladi va oxir-oqibat kuchli 5 talikka kiradi. Bunga shubham yo‘q", - dedi "Al-Hilol" bosh murabbiyi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati