Ot izini bosgan toychoqlar

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 23:52
Kasbdoshlar avlodlari - hayotda uchrab turadigan hodisa.

Hatto futbolda ham. Futbolchi otalari izidan borayotgan farzandlarga ko‘p guvoh bo‘lganmiz. To‘g‘ri, otasidan o‘zib ketish kamdan-kam o‘g‘lonlarga nasib etadi. Keling, yaxshisi, mashhur va ko‘pchilikka tanish bo‘lmagan futbolchilar avlodlari bilan tanishib chiqaylik.

Chezare, Paolo va  Daniel Maldinilar

Hikoyamizni eng nomdor sulola ochib beradi. Paolo Maldini - futbol tarixidagi buyuk himoyachilardan biri. Lekin uning otasi ham «Milan»ning 1950 va 1960 yillardagi afsonasi. Shuningdek, Chezare Italiya terma jamoasi sharafini 14 marta himoya qilgan, keyin murabbiy sifatida boshqargan. To‘g‘ri, Daniel ham sulola an’anasini davom ettirdi, lekin bobosi va otasidan farqli ravishda, hujumkor yarim himoyachi ixtisosini tanladi. Hozir Daniel «Milan» va terma jamoa yoshlari safida to‘p surmoqda.

Yoxan va Xordi  Kroyflar

Xordi otasi «Barselona»da to‘p surgan davrda tug‘ilgani sababli, o‘g‘liga kataloncha ism tanlagandi. Niderlandiyada uni Yordi, deb chaqirishadi. Keyinchalik ota-o‘g‘il kasbdoshlar «Kamp-Nou»da uchrashdilar: Yoxan «Barsa»ni boshqardi, Xordi esa to‘p surdi. Albatta, mahorat bobida otasidan o‘zib keta olmagan bo‘lsada, «Barselona», «MYU» va «Alaves» klublarida talab darajasida to‘p surdi.
Pablo va Diyego  Forlanlar
2011 yilda Urugvay Amerika Kubogida zafar quchgach, terma jamoa hujumchisi Diyego Forlan shunday degandi: «G‘alaba men uchun muhim ahamiyatga ega. Bobom g‘alaba qozongan, otam g‘alaba qozongan, endi men g‘alaba qozondim». Darhaqiqat, Diyegoning otasi Pablo ikkita JCHda Urugvay sharafini himoya qilgan, bobosi Xuan Karlos Korasso ham terma jamoa­da to‘p surgan.
Jorj va Timoti Vealar
Jorj eng buyuk afrikalik futbolchilardan biri hisoblanadi. «Milan»ning sobiq hujumchisi 1995 yilda «Oltin to‘p» mukofotiga sazovor bo‘lgan, keyin Liberiya prezidenti lavozimiga saylangan. Uning o‘g‘li Timoti esa Nyu-Yorkda tavallud topgani sababli, AQSH terma jamoasi tarkibida to‘p surmoqda. Klub miqyosida kichik Vea «PSJ», «Lill» va «Yuventus» klublarida o‘ynagan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati