Zamorano Atletiko - Real Madrid uchrashuvi natijasini tahmin qildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-09-2024, 14:25
"Inter"ning sobiq hujumchisi Ivan Zamorano Ispaniya chempionati doirasidagi "Real" va "Atletiko" o‘rtasidagi bo‘lajak derbi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Meni qiziqarli va raqobatbardosh derbi kutmoqda. Kilian Mbappeni yo‘qotganiga qaramay, men "Real Madrid"ning muvaffaqiyatiga ishonaman. O‘ylaymanki, Karlo Anchelotti shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozonishadi. Rodrigo va Bellingem gol urishadi", - deb yozadi chililik futbolchi.

"Atletiko Madrid" - "Real Madrid" uchrashuvi 29 sentyabr, yakshanba kuni "matraschilar" uy stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Derbi oldidan mezbonlar turnir jadvalida uchinchi, mehmonlar esa ikkinchi o‘rinda bormoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati