Anvar G‘ofurov: «Futbolchilar o‘zlariga talabni yuqori qo‘yishlari kerak»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 23:44
Superliga 4-turidan o‘rin olgan OKMK – "Bunyodkor" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Anvar G‘ofurov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi."Rejalarimiz boshqacha edi. Uchrashuv avvalida o‘yinimiz qovushmadi. Tarkibimizda yoshlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bugungi bahs ular uchun dars bo‘ladi, deb o‘ylayman. To‘p nazoratini ushlab turib, o‘z vaziyatlarimizni kutib, ulardan foydalanaishni maqsad qilgan edik.Zaxiraga olinish – hech bir futbolchiga yoqmaydigan jarayon. Biz 10 kishi bo‘lib qolgan edik va vaziyatni his qilgan holda O‘tkirovni zaxiraga olishga qaror qildik. Bu uning uchun ham dars bo‘ladi. Farhod kelgusi bellashuvlarga yanada yaxshi tayyorlanib, o‘ziga berilgan vaqtdan unumli foydalanadi, deb o‘ylayman. Futbolchilar o‘zlariga talabni yuqori qo‘yishlari lozim. Ularni yuqori darajaga ko‘tarishimiz lozim. Shundagina jamoa g‘alaba qozonadi".












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati