«Real» muxlislariga xushxabar bor!

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-09-2024, 10:48
Eduardo Kamavinga «Atletiko Madrid» bilan derbida maydonga qaytishi mumkin.

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi «Atalanta»ga qarshi Yevropa Superkubogi o‘yini oldidan mashg‘ulotlarda tizzasidan jarohat olib, mavsum boshidan beri maydonga tushmayapti.

Jurnalist Mario Kortegananing xabar berishicha, payshanba kuni Kamavinga mashg‘ulotlarning bir qismini umumiy guruh bilan o‘tkazgan. Karlo Anchelotti va madridliklar murabbiylar shtabi shanba kuni fransiyalik futbolchining yakshanba kungi «Atletiko»ga qarshi derbida qaydnomaga kiritish yoki kiritmaslik borasida qaror qabul qilishlari kutilmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati