«Barsa»ning Bernaldan umidi katta

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-09-2024, 10:43
«Barselona» Mark Bernaldan umidvor.

"AS" xabariga ko‘ra, «blaugrana» tez orada 17 yoshli yarim himoyachi bilan shartnomani 2029 yilgacha uzaytiradi - bugun klub Bernalning ota-onasi bilan birgalikda kerakli hujjatlarni rasmiylashtirdi. Yangi kelishuv bo‘yicha tovon puli 20 dan 500 million yevroga ko‘tariladi.

Qayd etilishicha, «Barselona» Bernalni Lamin Yamal va Pau Kubarsi bilan birga eng iqtidorli tarbiyalanuvchilaridan biri deb biladi. Yosh yarim himoyachi «yangi Serji Buskets» sifatida ko‘rilmoqda.

Bernal ayni damda xochsimon bog‘lam va meniskus jarohatidan davolanmoqda - uning tiklanishiga bir yilcha vaqt ketadi. Joriy mavsumda yarim himoyachi La Liganing uchta uchrashuvida ishtirok etdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati