• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘tgan 8 oyda O‘zbekistonga kuniga 10 ming donadan oshiq telefon olib kirilgani ma’lum qilindi

O‘tgan 8 oyda O‘zbekistonga kuniga 10 ming donadan oshiq telefon olib kirilgani ma’lum qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-09-2024, 10:21
Statistika agentligi joriy yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga import qilingan telefonlar sonini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 236,2 mln dollarga teng bo‘lgan qariyb 2,6 mln dona mobil telefon import qilingan. Bu kuniga 10 ming donadan oshiqroqqa to‘g‘ri keladi.

Mobil telefonlar importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 318 579 donaga oshgan.

O‘zbekiston 2024 yilning 8 oyida mobil telefonlarni eng ko‘p quyidagi davlatlardan import qilgan:

— Xitoy – 2,1 mln dona

— Vyetnam – 405,5 ming dona
— Hindiston – 70,3 ming dona
— Hongkong – 27,1 ming dona
— BAA – 3,4 ming dona.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati