Odamlarning ustiga Captiva haydagan yigit jazoga tortildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-09-2024, 10:19
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan futbol maydonida mast holatda "Captiva" rusumli avtomobilini odamlarning ustiga haydagan yigit ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Sayxunobod tuman sudida ko‘rib chiqildi.

"So‘ngi pushaymon, o‘zingga dushman" deya bejizga aytilmagan. Sudda u o‘z qilmishidan pushaymonligini aytdi. Ammo kech bo‘lgandi. Chunki, voqea sodir bo‘lgan vaqtda u ikki nafar fuqaroni avtomashinasining old qismi bilan urib, voqea joyidan qochib ketganligi inkor etib bo‘lmaydigan dalillar bilan tasdiqlandi.

Unga 4 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanib, jazoni og‘ir tartibli koloniyada o‘tashligi belgilandi.

—Bunga sabab sudlanuvchi bundan oldin O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksining 277-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi bois, ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan bo‘lsa-da, tartibni buzib, undan to‘g‘ri xulosa chiqarmagani uchun jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tashi belgilandi,—deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Sayxunobod tuman sudi raisi Fazliddin Suvonqulov.

Qolaversa, mahallaning zo‘riman degan yigitning "Captiva" rusumli avtomobili jinoyat quroli sifatida topilib, davlat foydasiga musodara qilindi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati