Bo‘stonliqda ikki uy yonib ketdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-09-2024, 10:06
Bo‘stonliq tumanida uylar yonib ketdi. FVV yong‘in tafsilotlarini e’lon qildi. 26 sentyabr kuni soat 22:23 da Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, «Chinor» MFY, Shirmonbuloq ko‘chasida joylashgan uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari hodisa joyiga yetib borib, qurshab olingan va o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida 2 ta uyning taxminan 150 kv.m. maydonda tom va ichki qismi yonib zararlangan.

Yong‘inni bartaraf etishga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3 ta suv tashuvchi avtoulov jalb etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati