Konte: Gilmur meni ishontirdi, lekin ajablantirmadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-09-2024, 08:32
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte yarim himoyachi Billi Gilmurning o‘yini haqida fikr bildirdi.

Payshanba kuni shotlandiyalik neapolliklar uchun Italiya kubogi doirasida "Palermo"ga qarshi o‘yinda ilk bor maydonga tushdi. 23 yoshli futbolchi 90 daqiqa harakat qildi va jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini (5:0) qo‘lga kiritishiga yordam berdi.

"Gilmor ishonchli o‘yin ko‘rsatdi, lekin men bundan hayron bo‘lmadim. Men uni Angliyadagi ish tajribamdan yaxshi bilaman. U boshqa yangi kelganlarimiz kabi ajoyib xususiyatlarga ega", - deya Konte so‘zlarini keltiradi jurnalist Alfredo Pedulla.

Billi Gilmor "Napoli"ga "Brayton"dan 14 million yevro evaziga o‘tdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati