Soboslai Liverpulning joriy mavsumdagi o‘yinini yuqori baholadi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 1
- Формат: mp4
- Дата релиза: 27-09-2024, 08:25
"Qizillar" APL turnir jadvalida 12 ochko bilan "Manchester Siti"dan bir ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinda bormoqda. Arne Slot shogirdlari Chempionlar ligasini ham muvaffaqiyatli boshlab, mehmonda "Milan"ni mag‘lub etishdi (3:1), Liga kubogi 1/16 finalida "Vest Xem"ni mag‘lub etishdi (5:1).
"Biz mavsumni juda yaxshi boshladik, "Nottingem Forest"ga qarshi o‘yindan tashqari (0:1 mag‘lubiyati), ammo bu futbol, bunday narsalar sodir bo‘ladi. Mavsum oldi shiddatli o‘tdi, ammo hozir biz buni muhim deb bilamiz", - deya Soboslaining so‘zlarini keltiradi Anything Liverpool.