Fevzi Davletov: «Hujumda muammolarimiz ko‘p»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-09-2024, 07:15
Superligada 20-tur bahslari davom etdi. "Surxon" jamoasi bu tur safarda "Dinamo" bilan kuch sinashdi va 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.— Biz deyarli har o‘yinda qizil kartochka olyapmiz. Bu yaxshi emas. Futbolchilarning ruhiy holati meni xavotirga solmqoda. Avvalgi uchrashuvlarda bo‘lgani kabi bugun ham chetlatish bizga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Agar qizil kartochka bo‘lmaganida, bahs rejamiz asosidagi tempda o‘tgan bo‘lar edi.— Tarkib haqida fikringiz?— Bizda hujum chizig‘ida muammolar bor. Menimcha, yetarlicha vaziyat yaratyapmiz, ammo negadir futbolchilar darvozaga zarba yo‘llamayapti. Tanaffusda bu borada albatta ish olib boramiz. Ishlashda davom etamiz. Ruhiy tomondan ham kerakli ishlarni amalga oshirishimiz kerak.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati