Ten Xag: Zirkzee oxirgi zarbalarda yaxshilanishi kerak

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-09-2024, 05:26
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag hujumchi Joshua Zirkzeening qobiliyatiga ishonadi.

23 yoshli futbolchi "qizil iblislar" safidagi debyutida "Fulxem"ga qarshi o‘yinda (1:0) gol urdi, ammo o‘shandan beri e’tibor markazidan chetda qoldi.

Endi niderlandiyalik futbolchining hisobida yettita uchrashuvda bitta gol bor.

"Men Zirkzee samarali bo‘lishi mumkinligiga ishonaman. U yosh, mahoratini ko‘rasiz. U juda yaxshi va o‘zi ham imkoniyatlar yarata oladi.

"Fulxem" darvozasiga gol urgan epizodda u yaxshi harakat qildi va hujumni yaxshi yakunladi, ammo oxirgi zarbalarda u yaxshilanishi kerak", - dedi Ten Xag. 




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati