Xenderson: Bu jamoani oyoqqa turg‘izadi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 0
- Формат: mp4
- Дата релиза: 27-09-2024, 05:22
34 yoshli ingliz futbolchisi Bertran Traoreni maydonning yarmida to‘pni yo‘qotib qo‘yganida uni ayblab, unga baqirdi.
Futbolchilar o‘rtasida kichik janjal kelib chiqdi. «Ayaks» «Beshiktosh»ni mag‘lub etgan (4:0) o‘yin yakunlanganidan so‘ng, «Liverpul»ning sobiq yarim himoyachisi Traore bilan bo‘lgan voqea haqida gapirib o‘tdi:
"To‘g‘risini aytsam, yillar davomida o‘ynagan futbolimni ko‘rgan bo‘lsangiz, bu mutlaqo normal holat. Bu futbol. Biz g‘alaba qozonishni xohlaymiz, yaxshiroq bo‘lishni xohlaymiz. Ba’zida futbolchilar bir-birlari bilan bahslashadilar, lekin bu yaxshi, bu jamoani oyoqqa turg‘izadi", - deya Xendersonning so‘zlarini keltiradi AFC Ajax.