Italiyada maktab o‘quvchilarining AI yordamchilari bo‘ladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 22:16
Akademik samaradorlik va ta’lim sifatini oshirish uchun: Italiyaning 15 ta maktabida o‘quv jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha pilot loyihasi boshlanmoqda, deya xabar beradi Euronews.

Italiyalik maktab o‘quvchilari sun’iy intellektga asoslangan virtual yordamchilarga ega bo‘ladi. Mamlakatning to‘rt hududidagi 15 ta maktabda o‘quv jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha pilot loyihasi yo‘lga qo‘yildi.

Maqsad: o‘qitish sifatini va akademik ko‘rsatkichlarni yaxshilash va kengroq aytganda, boshqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan solishtirganda Italiyaning raqamli tafovutini kamaytirish.

Tajriba muvaffaqiyatli o‘tsa, AI texnologiyalari butun mamlakat bo‘ylab maktab ta’lim tizimiga kiritiladi.

Planshet va kompyuterlardagi AI yordamchilari bolalarga dars paytida ham, uy vazifasini bajarishda ham yordam beradi.

Tashabbuskorlar har bir o‘quvchining xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘rganishni individuallashtirishga umid qilmoqda.
Dastur keyingi ikki yil davomida sinovdan o‘tkaziladi va, ehtimol, u uzaytiriladi va kengaytiriladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati