Mudrik faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 22:14
2023 yil boshida «Chelsi» Mixail Mudrikning transferi uchun 70 million yevro sarflagan edi. Ammo ukrainalik vinger hali ham London klubida asosiy o‘yinchiga aylana olmadi. Mudrik "aristokratlar" safida 63 ta o‘yinda 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Todofichajes" xabariga ko‘ra, ko‘proq o‘yin vaqtini olishni istaydigan Mudrik uchun «Marsel»ga ijara yechim bo‘lishi mumkin. Liga 1 klubida Mudrik yanvar oyida Roberto de Dzerbi bilan yana birlashishi mumkin - ularning yo‘llari avvalroq «Shaxtyor»da kesishgan.

"Transfermarkt" portali mutaxassislari 23 yoshli Mixail Mudrikni 35 million yevroga baholamoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati