Basketbol federasiyasi rahbarlari talon-torojlik uchun jazolandi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 21:51
Basketbol federasiyasi rahbarlari tashkilot mablag‘larini talon-toroj qilgani uchun jazolandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi. 

Basketbol federasiyasi ijrochi direktori YU.S. va ish boshqaruvchisi S.I. jinoiy til biriktirib, S.I.ning onasi va ukasi nomiga «S.A.G» MCHJ tashkil qilib, sportchilar sog‘lig‘ini monitoring qilishga mo‘ljallangan 2 dona maxsus uskuna uchun federasiyadan 197 mln so‘m mablag‘ni jamiyat hisobiga o‘tkazib, talon-toroj qilgan. Uskunalar yetkazib berilmagan. 

Shuningdek, 1-vise prezident X.G. federasiyaga tegishli bo‘lgan korporativ plastik kartadan noqonuniy ravishda shaxsiy ehtiyojlari uchun 162 mln so‘m mablag‘ni yechib olib, o‘zlashtirgan.

Bundan tashqari, yuqoridagi mansabdor shaxslar tomonidan federasiyaga guyoki homiylarni jalb qilish xizmatlarini ko‘rsatish haqida soxta shartnoma rasmiylashtirilib, federasiyaning 130 mln so‘m mablag‘i o‘zlashtirilgan.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilgan. Shuningdek, sud hukmi bilan aybdorlarga tegishli jazo choralari qo‘llangan. Bu jazo choralari qanday ekaniga aniqlik kiritilmagan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati