Levandovskining rafiqasi: «Barselona»ga o‘tish ikkalamiz uchun ham orzu edi»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 21:43
«Barselona» hujumchisi Robert Levandovskining rafiqasi Anna Levandovski Ispaniyaga ko‘chib o‘tganini esladi.

Eslatib o‘tamiz, polshalik hujumchi 2022 yilda «Bavariya»dan «Barselona»ga o‘tgandi.

«Bu yerga ko‘chib o‘tish ikkalamiz uchun ham orzu edi. Robert La Ligada o‘ynashni orzu qilardi, men esa shu yerda, Barselonada yashashni orzu qilardim», - deya Anna Levandovski so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Barca Universal".

Joriy mavsumda 36 yoshli Levandovski barcha musobaqalarda sakkizta uchrashuvda ishtirok etib, yettita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati