Uolkott: Nvaneri mavsumoldi jarayonlarida katta taassurot qoldirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 21:23
"Arsenal" va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Teo Uolkott "kanonirlar" yarim himoyachisi Etan Nvanerining o‘yiniga munosabat bildirdi.

17 yoshli futbolchi kubok o‘yinida ishtirok etdi. "Bolton"ga qarshi o‘yinda Etan "kanonirlar"ning asosiy tarkibida ilk bor maydonga tushdi.

Qolaversa, dublga erisha oldi. Yakuniy hisob 5:1. "Arsenal"da sezilarli iz qoldirgan mashhur sobiq hujumchi Teo Uolkott barchaga yangi yulduzning yuksalishini kuzatishni tavsiya qildi.

"Men Etanni tomosha qilishni intiqlik bilan kutyapman. U mavsumoldi jarayonlarida katta taassurot qoldirdi.

Uning energiyasi hamma joyda asqatadi, u yaxshi yigit, shuning uchun uni kuzatib borishadi", - dedi Uolkott.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati