AQSh va uning ittifoqchilari Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzishga chaqirdi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 26-09-2024, 21:18
Qo‘shma bayonotni AQSH, Avstraliya, Kanada, Yevropa Ittifoqi, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya va Qatar tomonidan imzolangan. Ular Isroil va Livan hukumatlarini zudlik bilan vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishga chaqirdi.
“2023 yil 8 oktyabrdan boshlab Livan va Isroil o‘rtasidagi vaziyat chidab bo‘lmas darajada bo‘lib, mintaqaviy keskinlikka tahdid solmoqda. Bu Isroil xalqi yoki Livan xalqi manfaatiga to‘g‘ri kelmaydi... Biz barcha tomonlarni, jumladan Isroil va Livan hukumatlarini ayni vaqtda BMT Xavfsizlik Kengashining 1701-rezolyusiyasiga muvofiq vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini zudlik bilan tasdiqlashga va diplomatik yechim topish uchun aniq imkoniyat yaratishga chaqiramiz”, — deyiladi qo‘shma bayonotda.
"Biz bu munozaralarni bir qancha vaqtdan beri olib boryapmiz", – dedi Reuters agentligiga yuqori martabali amerikalik amaldor.
Ya’ni, Vashington va uning ittifoqchilari ushbu 21 kunlik tanaffusda bu muzokaralarni kengroq kelishuvga aylantirish niyatida.
Isroilning BMTdagi vakili taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib, Isroil diplomatik yo‘l bilan yechim topishni istashini aytdi. Agar kelishuv isroilliklarning uylariga eson-omon qaytishiga imkon bermasa, Isroil kuch ishlatishdan tortinmasligi haqida ogohlantirdi, deb yozadi The Times of Israel.
Nashrga ko‘ra, Isroil va Livan yaqin soatlarda javob qaytarishi kerak, Eron esa Hizbullohni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga va’da bergan.
Isroil va Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Hizbulloh o‘rtasidagi janglar so‘nggi haftada keskin avj oldi va keng ko‘lamli urush yoqasida turibdi, bu mojaro Yaqin Sharqqa tarqalishi mumkinligidan xavotirlarni kuchaytirmoqda.