Tramp ukrainaliklarni «o‘lik xalq» deb atadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 20:31

AQShning sobiq prezidenti va Respublikachilar partiyasidan asosiy nomzod Donald Tramp Ukrainani «butunlay vayron qilingan davlat», uning xalqini esa «o‘lik» deb atadi.

Tramp Shimoliy Karolinadagi saylovoldi tashviqoti chog‘ida so‘zlagan nutqida: Kiyev 2022 yil fevralida Rossiya-Ukraina mojarosi boshlanishidan oldin ham Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yon berishlari kerak edi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaziyatdan hatto «yomon kelishuv» ham afzalroq bo‘lardi.

Bu shu yilning noyabrida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda respublikachining Moskva bilan muzokaralar bo‘yicha pozisiyasi haqida savollar tug‘dirdi. Donald Tramp saylovoldi kampaniyasining boshidanoq AQShning Ukrainaga ko‘rsatayotgan yordamini keskin tanqid qilib, Oq uyga qaytsa, mojaroga barham berishini takrorladi.

Respublikachi nafaqat prezident Jo Bayden jamoasini, balki prezident Vladimir Zelenskiy boshchiligidagi Ukraina hukumatini ham tanqid qiladi. Trampning fikricha, Kiyev Rossiya bilan muzokaralarni erta boshlamasdan tinchlik o‘rnatish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati