Lisandro MYU safida Brentford bilan o‘yinda ishtirok etishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 21:48
Himoyachi Lisandro Martinesda "Brentford"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan APL o‘yinida maydonga tushish imkoniyati bor. Bu haqda jurnalistlarga "qizil iblislar" bosh murabbiyi Erik ten Xag aytib o‘tdi.

“Yana bir mashg‘ulotimiz bor, biroq ba’zi futbolchilar qaytishi mumkin. Martinesning tarkibda bo‘lishi ehtimoli bor. Biz uni har bir o‘yinda o‘rnini sezdik, chunki u jamoaga xotirjamlik va g‘alaba qozonish munosabatini olib keladi, bu esa bizning darajamizni oshiradi", - dedi Ten Xag matbuot anjumanida.

“Brentford” – “Manchester Yunayted” uchrashuvi 30 mart, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Aytish joizki, Martines jarohati sabab “Manchester Yunayted”da deyarli ikki oy o‘ynamadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati