Vinisiusni irqiy haqoratlagan shaxs jazosini oldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 19:08
"Real Madrid" rasmiy saytining xabar berishicha, Palma-de-Malyorka sudi 2023 yil fevralida bo‘lib o‘tgan "Malyorka" – "Real Madrid" uchrashuvida hujumchi Vinisius Juniorni irqiy haqorat qilgan shaxsni aybdor deb topdi.

Tekshiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, o‘sha "Malyorka" muxlisi "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda Samu Chukvuezeni ham irqiy haqorat qilgan. Sud muxlisni bir yil shartli qamoq jazosiga hukm qildi. Bundan tashqari, ushbu shaxs uch yilga Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi va Milliy professional futbol ligasi shafeligidagi o‘yinlarga borishi taqiqlangan.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati