• Главная
  • »
  • Salomatlik
  • »
  • Saraton, insult, bepushtlik... Mutaxassis chilim chekishning salomatlikka zararlari haqida ma’lumot berdi

Saraton, insult, bepushtlik... Mutaxassis chilim chekishning salomatlikka zararlari haqida ma’lumot berdi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 18:49
Bugun har bir yoshu keksa chekish – zararli odat ekanligi va salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishidan yaxshi xabardor. Biroq shunga qaramay, so‘nggi paytlarda yoshlar orasida chilim chekish tobora ommalashib bormoqda.

???? Afsuski, bu odatga ruju qo‘ygan aksariyat yigit-qizlar uni salomatlik uchun mutlaqo zararsiz deb o‘ylaydi. Biroq olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot xulosalariga ko‘ra, chilim sog‘lik uchun o‘ta xavfli hisoblanadi.

❓Xo‘sh, uning zarari nimada? Chilim tarkibida qanday moddalar mavjud?

➡️ Ushbu savollarga Sog‘liqni saqlash vazirligining tamakiga qarshi kurashish bo‘yicha bosh konsultanti, tibbiyot fanlari nomzodi Shuhrat Shukurov batafsil javob berdi.

???? — Chilim – tamaki hamda tarkibida tamaki bo‘lmagan mahsulotlarning tutashi yoki qizdirilishi natijasida hosil bo‘ladigan tutunni nafas orqali yutishga mo‘ljallangan moslama bo‘lib, aerozol (bug‘) yoki tutun suyuqlik solingan idish orqali (chilim suvdonidan) o‘tadi, — deydi mutaxassis.

???? — Afsuski, so‘nggi paytlarda butun dunyoda bo‘lgani kabi yurtimizda ham bu illatga ruju qo‘yganlar soni ortib bormoqda. Vaholanki, u narkomaniyaning yengil ko‘rinishi bo‘lib, insonda nikotinga kuchli qaramlikni keltirib chiqaradi.
✅ Qolaversa, chilimning zarari sigareta chekishdan aslo kam emas. Uning tutuni tarkibida kanserogen moddalar (nitrozaminlar, polisiklik aromatik uglevodorodlar, uchuvchan aldegidlar, jumladan, formaldegid va benzol) hamda azot oksidi va og‘ir metallar kabi zaharli moddalar mavjud.
➡️ Shuningdek, chilim ko‘miri yoqilganda ko‘p miqdorda uglerod oksidi (is gazi) va kanserogenlar ajralib chiqadi. Ushbu zaharli moddalar chekuvchilarda yurak va o‘pka kasalliklari hamda saraton xastaliklarini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, oddiy tamaki chekuvchilarga qaraganda chilim chekuvchilar zaharli is gazi ta’sirida ko‘proq bo‘ladilar.
???? O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida bu illatga qaram bo‘lganlarda yurak urishi, qon bosimining oshishi va boshqa xavfli o‘tkir yur byu b b ak-tomir ta’sirlari, o‘pka funksiyasi buzilishlari va yallig‘lanishlari, fiziologik himoyaning pasayishi, is gazi ta’siridan hushdan ketish va o‘tkir zaharlanishlar kuzatilishi aniqlangan.
???? Ushbu zararli odat uzoq muddatli asoratlar qoldirishi bilan ham xavfli bo‘lib, olib borilgan kuzatuvlar davomida chilim chekish bilan o‘pka saratoni, tish bog‘lamlarining buzilishi, tishlarning barvaqt to‘kilishi hamda kam vaznli bola tug‘ilishi o‘rtasida uzviy bog‘liqlik borligi ma’lum bo‘ldi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati