Timur Kapadze “Paxtakor” klubini boshqaradimi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 18:12
Ijtimoiy tarmoqlarda Timur Kapadzening “Paxtakor” futbol klubi boshqaruviga kelishi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabar yuzasidan murabbiyning o‘zi izoh berdi.“Paxtakor” menga aloqaga chiqdi. Niyatim qanaqa, rejalarim borasida so‘rashdi. Oktyabrda amaliyot o‘tashga boraman, gaplashib qo‘yganman. Hali Maksim Shaskix bosh murabbiy postida turibdi. Hali iste’fo bergani yo‘q. Ko‘ramiz. Hozircha rasman klubdan taklif yo‘q. Faqatgina mendan bo‘lg‘usi rejalarimni so‘rashdi. Buni vaqt ko‘rsatadi, — dedi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi.Bundan tashqari murabbiyning o‘zi shunday taklif bo‘lsa, nima deb javob berishi mumkinligi so‘raldi.Hisoblab ko‘rilsa, futbolchilik faoliyatimning katta qismin “Paxtakor”da o‘tkazgan ekanman. Klub O‘zbekistondagi eng sovrindor jamoa hisoblanadi. “Paxtakor”ga mehrim o‘zgacha. Umuman o‘ynagan jamoalarimning barchasining o‘rni bor. Bu men uchun yaxshi chaqiriq bo‘lardi. Agar rejalari, maqsadlari yaxshi bo‘lsa, nima uchun bu taklifga yo‘q deyishim kerak. Hozirda turli klublardan takliflar bor. Ammo rejalarim sabab ularni ortga suryapman, — deydi Timur Kapadze.Ma’lumot uchun, Kapadze “Olimpik” klubi va O‘zbekiston Olimpiya jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bordi. Tarixda ilk bor yo‘llanmani qo‘lga kiritgan jamoa guruhda bir ochko to‘plab, so‘nggi o‘rinni egalladi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati