Kaliforniyadagi sud binosida portlash ro‘y berdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 17:10
Kaliforniya shtatida (AQSh) joylashgan Santa-Mariya shahridagi sud binosida portlash yuz berdi. Ikki kishi jarohatlangan. Bu haqda tuman sherifi vakili ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Voqea haqida ma’lumot mahalliy polisiyaga kelib tushgan. Huquq-tartibot idoralari zudlik bilan surishtiruv ishlarini boshladi. Aholini hudud xavfli bo‘lgani uchun undan qochishga chaqirildi.

"Bizda hayot uchun xavfli bo‘lmagan jarohatlar haqida ikkita xabar bor. Bir gumonlanuvchi darhol qo‘lga olindi", — dedi sherif.

Jabrlanganlar tibbiy muassasaga yetkazilgan. U yerda shifokorlar ularga zarur yordam ko‘rsatdi. Polisiya gumonlanuvchining voqeaga aloqasi bor-yo‘qligini tekshirmoqda. Mumkin sabab haqida xabarlar yo‘q. Tekshiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, portlash maqsadli o‘rnatilgan qo‘lbola portlovchi qurilma tufayli sodir bo‘lgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati