Shesni YECHLda o‘ynashi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 16:20
Voysex Shesni "Barselona" safida Chempionlar ligasida ishtirok etishi mumkin.Avvalroq “Yuventus”da o‘ynagan 34 yoshli polshalik futbolchi faoliyatini davom ettirishga va Kataloniya klubiga o‘tishga rozi bo‘lgandi.

U "Barsa" bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzolaydi va jarohat olgan Mark-Andre ter Shtegenni almashtirishi kerak bo‘ladi, u 7 oydan 9 oygacha maydonga tusha olmaydi. Voysexning maoshi soliqlarsiz yiliga 3 million yevroni tashkil qiladi.

Marca nashrining UEFA reglamentiga tayanib xabar berishicha, “Barselona” Shesnini Chempionlar ligasi uchun qaydnomaga kirita oladi. Bunga ariza topshirish muddati ancha o‘tib ketgani to‘sqinlik qilmaydi.

Gap shundaki, "ko‘k-anorranglilar" qadnomasiga bor-yo‘g‘i ikkita darvozabon - Ter Shtegen va Inyaki Pena kiritilgan.

Qoidalarga ko‘ra, asosiy ro‘yxatdagi uchta darvozabondan ikkitasi og‘ir jarohat olgan yoki uzoq muddatga kasallik (30 kundan ortiq) tufayli maydonga tushmagan bo‘lsa, klub B jamoadan futbolchi olish huquqiga ega. 




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati