Isroilning Livan sharqidagi havo hujumlarida 23 kishi halok bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 16:17
Isroilning Livan sharqidagi havo hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 23 kishiga yetdi.

Bu haqda Al Hadath telekanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar “Hizbulloh” jangarilarining orqa bazalari joylashgan Yunin qishlog‘idagi uylardan birining yerto‘lasida yashagan suriyalik qochqinlardir.

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning aksariyati ayollar va bolalardir. Shuningdek, besh nafar livanlik yaralangan. Hozirda hududda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, qo‘shni Shaat qishlog‘ida portlashdan keyin qulagan binolar vayronalarini tozalash chog‘ida to‘rt kishining jasadi topilgan, yana to‘qqiz kishi jarohatlangan va shifoxonaga yetkazilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati