Ten Xag: Shou bu mavsumda maydonga qaytadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 21:36
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida himoyachi Lyuk Shouning ahvoli haqida gapirdi.

Niderlandiyalik mutaxassisning fikricha, Shou bu mavsumda jamoada o‘ynaydi.

"Uning ushbu mavsumda maydonga qaytishini kutaman. Sog‘ayish jadval bo‘yicha ketmoqda va u jamoaga qaytadi”, - dedi Ten Xag jurnalistlarga.

Lyuk Shou fevral oyining o‘rtalaridan beri mushak jarohati tufayli "Manchester Yunayted" kasalxonasiga joylashtirilgan edi. Avvalroq, Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Shou mavsum yakunida futbol maydoniga qaytishini aytgandi.

"Manchester Yunayted" hozirda APL turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati