Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamentiga rahbar tayinlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 15:20
Akramxo‘jayev Salohiddinxo‘ja Ma’rifxo‘ja o‘g‘li Ekologiya, atrof-muhitni muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining tegishli buyrug‘i bilan vazirlik tasarrufidagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Salohiddinxo‘ja Akramxo‘jayev 2013 yilda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida bakalavr, 2015 yilda Buyuk Britaniyaning Kardiff universitetida magistratura bosqichini tamomlagan. Turli yillarda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizimida, Toshkent shahar hokimligi tizimida, Iqtisodiyot va sanoat vazirligida, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida faoliyat yuritgan. Tayinlovga qadar Ekologiya vazirligining Strategik rejalashtirish, metodologiya va tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti faoliyati tanqidiy tahlil qilingan, kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilgan va ularni bartaraf etish, METHlar faoliyatini yaxshilashga doir ko‘rsatmalar berilgandi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati