Zelenskiyning “G‘alaba rejasi” Bayden ma’muriyatida ijobiy taasurot qoldirmadi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 26-09-2024, 14:58
Bayden ma’muriyati G‘alaba rejasida keng qamrovli strategiya yo‘qligidan xavotirda, takliflar ko‘proq qurol bilan ta’minlash va uzoq masofali raketalarga cheklovlarni olib tashlash bilan cheklangan.
«Men hayratga tushmadim, u yerda ko‘p yangilik yo‘q», dedi nashr suhbatdoshlaridan biri.
WSJ suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, Zelenskiyning takliflari murosasiz, diplomatiya va siyosatga oid bo‘limlar qurol so‘rovlariga qaraganda ancha batafsilroq.
Zelenskiy AQSh rahbariyatiga taqdim etmoqchi bo‘lgan «g‘alaba rejasi» hali oshkor etilmagan. Biroq BBC avvalroq ushbu hujjatning asosiy nuqtalari haqida yozgan edi.