«Barselona»ning ijaradagi hujumchisi jarohat oldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-09-2024, 14:52
Yoz oxirida Vitor Roke «Barselona»dan «Betis»ga ijaraga o‘tdi.

Xalqaro tanaffusdan keyin yashil-oqlar bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Rokedan faol foydalana boshladi. Hujumchi hatto gol urishga ham ulgurdi.

Afsuski, futbolchi jarohati sabab bo‘lajak o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.

«Klub tibbiy xizmatlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng futbolchimiz Vitor Rokening chap to‘pig‘i ichki bog‘lamlarida yengil shikastlanish borligi tasdiqlandi. Tiklanish jarayonning rivojlanishiga bog‘liq bo‘ladi», - deyiladi klub xabarida.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati